
Transfermarkt A Seriyada harakat qilayotgan o‘yinchilarning yangi narxlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, "Roma" hujumchisi Eldor Shomurodov 2 million yevroga arzonlashdi. Uning hozirgi bahosi 8 million yevroni tashkil etadi.
Qayd etish kerakki, hujumchi Rim klubiga o‘tganida uning bahosi 14 million yevroni tashkil etayotgan edi.
Shomurodov o‘tgan mavsum "Roma" tarkibida A Seriya doirasidagi 28ta o‘yinda maydonga tushib, 3ta gol va 4ta assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar