Yaponiya U-23 jamoasi bosh murabbiyi Oiva Go: "Minimum vazifamizni bajarganimizdan xursandman"

Yaponiya U-23 jamoasi bosh murabbiyi Oiva Go: "Minimum vazifamizni bajarganimizdan xursandman"
Kecha U-23 Osiyo kubogining 3-tur bahslari yakuniga yetdi va unda Yaponiya U-23 Tojikiston U-23 ustidan yirik 3:0 hisobida g‘alabaga erishdi.
O‘yindan keyingi matbuot anjumanida Yaponiya U-23 jamoasi bosh murabbiyi Oiva Go hamda o‘yinning eng yaxshi futbolchisi Daiki Matsuoka ishtirok etishdi.

- O‘yin haqida fikrlaringiz...
- Birinchi va ikkinchi bo‘limlarda gol urush uchun juda qulay imkoniyatlar yaratdik. Ammo bu imkoniyatlarning hammasini ham golga aylantira olmadik. Minimum vazifamizni bajarganimizdan xursandman.

- Janubiy Koreyaga qarshi qanday o‘yin ko‘rsatish niyatidasiz? Hujumkor va ochiq futbolmi yoki himoyaviy va ehtiyotkormi?
- Keyingi bosqichdagi raqibimiz Janubiy Koreyaligini hozir sizdan eshitdim. Hozircha 3 kun vaqtimiz bor va bu vaqt ichida biz o‘z o‘yinimizni tahlil qilib chiqishimiz kerak. Qanday raqib bo‘lishidan qat’iy nazar biz agressiv futbol ko‘rsatamiz. Sababi, bu bizning o‘yin uslubimiz.

- Tojikiston bilan o‘yindan oldin jamoangiz keyingi bosqichga chiqish masalasini hal qilganida, Tojikiston jamoasiga o‘ynashga imkoniyat berarmidingiz?
- Biz keyingi bosqichga chiqish chiqmasligimizdan qat’iy nazar hujumkor o‘yin ko‘rsatar edik.

- Janubiy Koreyani qaysi bir futbolchisini asosiy yulduz deb hisoblaysiz?
- Hammasi!

- Janubiy Koreya va Yaponiya o‘rtasidagi uchrashuv bu juda katta qarama-qarshilik, bu haqda fikringiz?
- Bu uchrashuvga juda katta e’tibor qaratiladi. Ushbu qarama-qarshilik g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.

- Daiki Matsuokaning o‘yin haqidagi fikrlari qanday?
- Bugun yaxshi o‘yin o‘tqazdik va ko‘p gol urdik. Bu musobaqada bizning maqsadimiz chempion bo‘lish. Ushbu maqsadga erishish uchun biz jamoamiz bilan har bir o‘yinga maksimal darajada e’tibor qaratishimiz kerak.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar