
23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi chorak finalida O‘zbekiston Iroq ustidan penaltilar seriyasida zafar quchdi. Bellashuvdan so‘ng iroqliklar bosh murabbiyi Miroslav Soukup matbuot anjumanida ishtirok etdi:
- Avvalo, raqibni yarim final bilan tabriklayman. Raqib darvozaboni qizil kartochka olgan vaziyatda qarorni biz emas, VAR chiqardi. Ammo nega bizga bunchalik tahdidlar bo‘lganiga tushunmadim. Nima uchun futbolchilarim bundan zarar ko‘rishi kerak?
Biz toshlar yomg‘iri ostida o‘ynadik. Bosim shu qadar kuchli bo‘ldiki, shogirdlarim hayoti xavf ostida qoldi. Ular jarohatlardan qo‘rqib o‘ynaydi. OFKga savolim bor, bu normal holatmi? Menimcha, o‘yinni to‘xtatish kerak edi.
Bu mening Iroq jamoasidagi so‘nggi o‘yinim edi, shartnomam yakuniga yetdi. Oxirgi o‘yinimda bunday munosabat kutmagan edim. O‘sha vaziyatda konfliktni biz boshlamagandik, ammo jabrini futbolchilarim tortdi. O‘z fikrimda qolaman, o‘yinga halal berishdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar