“Energetik-BGU” Belarus oliy ligasining kashfiyotiga aylandi. Minsklik “talabalar” chempionatda peshqadam BATEni ta’qib qilishda davom etmoqda va mavsum yakunlanida sovrinli o‘rinlarga da’vogarlik qilishi kutilyapti.
Bu jamoaning muvaffaqiyatlari to‘liq o‘zbek futbolchilariga bog‘liq bo‘lib turibdi. Jamoaning asosiy yulduzi sifatida o‘nta uchrashuvda 11 ta gol va to‘rtta assist bilan musobaqa to‘purari va eng foydali o‘yinchisi bo‘lib turgan Bobur Abduxoliqov tan olingan bo‘lsa-da, klubdagi boshqa hamyurtlarimiz – Shohruhbek Abdurahmonov, Abdulqodir Husanov ham asosiy figuralar sifatida e’tirof etilmoqda.
Buni Belarus chempionati tahlilchilarining har ikki futbolchimiz o‘yiniga bergan bahosidan bilib olsa bo‘ladi.
Abdulqodir Husanov, 18 yosh.
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi tarbiyalanuvchisi “Enertegik-BGU” asosiy tarkibidagi eng yosh o‘yinchi. Fevral oxirida 18 ga to‘ldi. Shunga qaramay, jamoada eng ko‘p o‘ynayotganlardan biri. Faqat uch futbolchi – Husanov, Artyom Makavchik va Yaroslav Makushinskiy o‘nta uchrashuvni to‘liq o‘tkazgan xolos.
Abdulqodirning eng dahshatli “quroli” – jarima nuqtasidan yo‘llangan o‘ta kuchli zarbalaridir. U tepgan to‘p darvozaga yetib borgunicha trayektoriyasini o‘zgartiradi va shu orqali darvozabonlarni qiynab qo‘yadi. Husanov xuddi ana shunday zarba bilan “Neman” darvozasini ishg‘ol qildi.
Yosh himoyachi jamoadoshlariga ham gol urishi uchun imkoniyat yaratib berdi. Xususan, Bobur Abduxoliqov uning pasidan unumli foydalandi.
Husanovning gollari soni oshishi mumkin edi. Lekin uning jarima nuqtasidan yo‘llagan zarbalarini Sergey Chernik (“Shaxtyor”), Vladimir Bushma (“Torpedo-BelAZ”) va Yevgeniy Abramovich (“Arsenal”) kabi darvozabonlar katta qiyinchilik bilan bo‘lsa-da, qaytarishga erishdi.
Abdulqodir Husanov harakati davomida 95 ta, uzoq masofaga 85 ta pas uzatdi. Uning paslaridan 57,6 foizi jamoadoshlariga aniq yetib bordi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha 18 yoshli futbolchimiz oliy liganing eng kuchli 15 nafar futbolchisi ro‘yxatidan joy olgan.
Husanovning himoya chizig‘idagi ishonchli o‘yini natijasida “Energetik-BGU” grand klublar – BATE va “Shaxtyor-Soligorsk” bilan eng kam gol o‘tkazgan uchta jamoadan biri bo‘lib turibdi.
Abdulqodir himoya chizig‘idagi yakkakurashlarda 70 va “ikkinchi qavat”dagi kurashda 57 marta ishtirok etib, bu borada jamoasi yetakchisi hisoblanadi. U havodagi kurashlarning 72 foizida raqibdan ustunlik qildi.
Shohruhbek Abdurahmonov, 23 yosh
O‘zbekistonlik futbolchilardan yana biri – Shohruhbek Ayudurahmonov Svirepa bilan birgalikda maydon markazida ustunlik o‘rnatgan. “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi Belarus chempionatiga kelishi bilan “Energetik-BGU”ning asosiy o‘yinchilaridan biriga aylandi. U dastlabki o‘nta turdan faqat ikkitasida zaxiraga olindi xolos, qolganlarida to‘liq harakat qildi.
Abdurahmonov oliy ligada uzoq masofadan eng ko‘p – 19 marta zarba bergan o‘yinchi hisoblanaldi. Shohruhbek ligadagi yagona golini maydon markazida raqibdan to‘pni olib qo‘yib, darvoza tomon uzoq masofani bosib o‘tganidan keyin aniq zarba bilan kiritdi.
O‘zbek yarim himoyachisining hisobida bir juft golli pas ham bor.
Bundan tashqari, raqiblar “Energetik-BGU” futbolchilari orasida eng ko‘p Abdurahmonovga qarshi o‘yin qoidasini buzdi. Uni 21 marta qoidaga zid ravishda to‘xtatib qolishdi. Hamyurtimiz 44 ta urinish bilan raqibni ko‘p aldab o‘tish bo‘yicha ham eng kuchli ijrochilar qatorida.
Bundan tashqari, 23 yoshli o‘yinchining o‘zi ham raqibga nisbatan 25 marta fol ishlatgan va bu ligada uchinchi ko‘rsatkich. Mutaxassislar uning follarini raqib jamoa hujumini to‘xtatishda samarali bo‘lganini ta’kidladi.
Bobur Abduxoliqov, Abdulqodir Husanov va Shohruhbek Abdurahmonovdan tashqari “Energetik-BGU”da Abbosbek Jumaqulov ham bor. Bu futbolchimiz yangi jamoasidagi debyut uchrashuvini 10-turda o‘tkazdi va jamoadoshlari uchun penalti ishlab berdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...