
O‘zbekiston milliy terma jamoasi ertaga Osiyo kubogi saralash bosqichi doirasida Tailandga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Uchrashuvda O‘zbekiston milliy terma jamoasi to‘liq oq rangda maydonga tushadi, darvozabonimiz esa yashil libosda harakatlanadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shuningdek, mazkur bahsni eronlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam — Hasan Akrami. Unga qanotlarda Hasan Zeheyri hamda Farhad Moravveji yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi esa suriyalik Masud Tufaylihga topshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv 14-iyun kuni Namanganning “Markaziy” stadionida soat 20:30 da start oladi.
O‘zbekiston Milliy Terma JamoasiTailandga QarshiOsiyo KubogiOq RangYashil LibosEronlik Hakamlar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar