“Olimpik” – bu o‘zbek futbolida yangi nom va yangi jamoa. Tashkil etilganiga hali ko‘p bo‘lgani yo‘q. O‘z nomi bilan aytib turibdiki, asosiy maqsad Olimpiada o‘yinlariga tayyorgarlik. 2024 yili Parij Olimpiadasida O‘zbekiston olimpiyachilarining ishtirokini ta’minlash maqsadida bunga barvaqt tayyorgarlik boshlangan bo‘lib, “Olimpik” aynan shuning evaziga yaratildi. Unda asosan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi a’zolari to‘p surishadi.
Ayni paytda yurtimizda U-23 Osiyo Kubogi musobaqasi o‘tkazilyapti va unda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi yarim finalga chiqqanini bilasiz. Terma tarkibining negizi “Olimpik” yoshlaridan tashkil topgan. Bosh murabbiy Timur Kapadze ham “Olimpik”, ham olimpiya terma jamoasida bosh murabbiy. Uning zimmasidagi mas’uliyat juda katta. Asosiy vazifa olimpiyachilarimizni Parij Olimpiadasiga olib chiqish va shu bilan birga O‘zbekiston mezbonlik qilayotgan qit’a turnirida bosh sovrinni qo‘lga kiritishdan iborat. Kapadze ham nomzod futbolchilarni o‘zi boshidan tarbiyalab, bir tizim asosida shakllantirib kelmoqda. Bunda esa “Olimpik” loyihasiga katta umid bildirilmoqda.
O‘tgan yili bu yosh jamoa pro ligada qatnashib, pley-off orqali Superligaga chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Balki bu natijani ko‘pchilik kutmagan ham bo‘lsa kerak. Bu yildan “Olimpik” endi Superligada. Debyut mavsumi bo‘lishiga qaramay, yosh jamoa o‘zidan yomon taassurot qoldirayotgani yo‘q. U-23 Osiyo Kubogida “Olimpik”da toblanayotgan iqtidor egalarining qanday o‘yin ko‘rsatayotganini ko‘rib turibsiz.
Chempionatdagi tanaffus tufayli “Olimpik” safida qolgan boshqa futbolchilar va jamoadagi yoshlar tarkibidan jalb qilingan o‘yinchilar evaziga murabbiylar shtabi tayyorgarlikni davom ettirishmoqda. Ushbu jamoa Superligadagi debyut mavsumida hozircha 9 ta o‘yin o‘tkazdi. Ikkita o‘yini qoldirilgan bo‘lib, 10-turda “Navbahor” hamda 11-tur doirasida “Metallurg”ga qarshi bellashuvlar boshqa muddatlarga ko‘chirilgan. Demak, klub ishtirokidagi 9 ta uchrashuvga biroz to‘xtalishimiz mumkin.
Albatta, kuchlilar orasidagi ilk ishtiroki borasidagi dastlabki taassurotlar shakllanib ulgurdi. Debyutant o‘zini yo‘qotib qo‘ymayapti. Yosh futbolchilar tajribali raqiblari qarshisida yaxshi sayqal topyapti. “Olimpik”ning hisobida 1 g‘alaba, 5 durang hamda 3 mag‘lubiyat bor. To‘plar nisbati ham boshqalarnikiga qaraganda ancha kamtar. 8 ta gol urgan va 9 ta to‘p olib chiqqan. 8 ochko va 13-o‘rinda.
Kapadze jamoasi har bir raqibga jiddiy qarshilik ko‘rsatyapti. Yosh bo‘lishiga qaramay, “Olimpik” ancha-munchaga yengilishni istamaydi. Eng yosh jamoa va hali tajribasi u qadar emasligini ham unutmaslik kerak. Ammo ularda shijoat bor. O‘zaro o‘yinlarda ko‘pincha bitta to‘p farqi kuzatilganiga guvoh bo‘ldik. ”Olimpik”ning hozirgacha yagona bo‘lib turgan g‘alabasini 6-turda “Bunyodkor” maydonida qo‘lga kiritdi. O‘sha uchrashuvda “Olimpik” shunday o‘yin namoyish qildiki, “Bunyodkor”ni har tomonlama mag‘lub etdi.
Natija esa shunchaki dahshat. “Bunyodkor” – “Olimpik” – 1:5! Go‘yo, yosh “Olimpik” barcha alamini “Bunyodkor”dan olgandek bo‘ldi. Ungacha ularda 3 ta durang va 2 ta mag‘lubiyat bor edi. 1:5 hisobidagi g‘alabadan keyingi natijalari quyidagicha: 2 ta durang va 1 mag‘lubiyat. “Qo‘qon-1912” va “Qizilqum”ga 1:0 hisoblarida yutqazgan bo‘lsa, 9-turda “Lokomotiv” maydonida yirik 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Mazkur uchrashuv hozircha “Olimpik” uchun oxirgi o‘yin bo‘lib turibdi.
Jamoaning 12-turdagi o‘yini 22 iyun kuniga to‘g‘ri keladi. Shu kuni AGMKni qabul qiladi. Bu klub boshqa joydan yoshi kattaroq tajribaliroq o‘yinchilarni olib kelmaydi, legionerlarniku gapirmasa ham bo‘ladi. Chunki “Olimpik”ning yo‘lini yuqorida aytdik, bu yerda faqat terma jamoamizga nomzod futbolchilar to‘p surishadi va o‘z o‘yinini shakllantirib borishadi. Garchi Superligada 14 ta jamoa orasida 13-pog‘onada bo‘lsa-da, “Olimpik” tanqidga munosib emas. Sababini o‘zingiz ham yaxshi bilasiz. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...