00:30 / 15.06.2022
1 767

Rasman: O‘zbekiston U-23 terma jamoasining Osiyo Kubogi 1/2 finalidagi o‘yiniga o‘zbekistonlik muxlislar kiritilmaydi

Rasman: O‘zbekiston U-23 terma jamoasining Osiyo Kubogi 1/2 finalidagi o‘yiniga o‘zbekistonlik muxlislar kiritilmaydi
Foto: O‘FA
Osiyo futboli konfederatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasi U-23 Osiyo Kubogi—2022 chorak finali doirasida o‘tkazilgan O‘zbekiston va Iroq terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda yuz bergan holatlar bo‘yicha qaror chiqardi.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasining 1/2 finaldagi Yaponiyaga qarshi uchrashuvi muxlislarsiz o‘tkaziladi. Bunga Iroqqa qarshi kechgan bahsning birinchi bo‘lim boshida hakamning qarorlari va raqib futbolchilaridan norozi bo‘lgan ayrim muxlislarning maydon hamda texnik hudud tomon qattiq buyumlarni uloqtirgani sabab bo‘lgan.

OFK Tartib-intizom qo‘mitasi yuzaga kelgan vaziyatlarni o‘rganib chiqib, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi futbolchisi Abduvohid Ne’matovga nisbatan 3 ta o‘yinga chetlatish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom chorasini qo‘llash, Olimpiya terma jamoasining yarim final doirasida Yaponiyaga qarshi uchrashuvini muxlislarsiz o‘tkazish hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga jarima intizom chorasini qo‘llash yuzasidan qaror chiqardi.

Shuningdek, Tartib-intizom qaroriga ko‘ra, yarim final doirasidagi bahsda 500 nafargacha yaponiyalik futbol ishqibozlarini uchrashuvga kirishiga ruxsat berildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston futbol assosiatsiyasi (O‘FA) 50 ming AQSH dollari miqdorida jarimaga tortilgan.

Temur Kapadze shogirdlarining Yaponiyaga qarshi yarim final bahsi 15 iyun kuni soat 21:00 da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rasman: O‘zbekiston U-23 terma jamoasining Osiyo Kubogi 1/2 finalidagi o‘yiniga o‘zbekistonlik muxlislar kiritilmaydi