Foto: The-afc.com
Bugun, 14 iyun kuni Namanganda 20 mingdan ortiq tomoshabin yig‘ilgan stadionda O‘zbekiston terma jamoasi Tailand ustidan g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning 8-daqiqasida Eldor Shomurodovning uzatmasini Jaloliddin Masharipov golga aylantirdi (1:0).
23-daqiqada Shomurodov ikkinchi golli uzatmasini amalga oshirdi, to‘p Azizbek Turg‘unboyevning aniq zarbasidan so‘ng darvoza to‘ridan joy oldi (2:0).
Uchrashuvda boshqa gol urilmadi. Srechko Katanes shogirdlari uch o‘yindan so‘ng 9 ochko bilan 1-o‘rinni egashdi va Osiyo kubogi-2023ga guruh g‘olibi sifatida yo‘llanma olishdi.
Tailand hisobida — 6 ochko (2-o‘rin) Maldiv — 3, Shri-Lanka — guruh autsayderi.
Osiyo kubogi-2023 saralashi. 3-tur
O‘zbekiston — Tailand — 2:0
Gollar: Jaloliddin Masharipov 8, Azizbek Turg‘unboyev, 23.
O‘zbekiston: 12. O‘tkir Yusupov, 8. Dilshod Saitov, 2. Umarbek Eshmurodov, 5. Rustam Ashurmatov, 4. Farrux Sayfiyev, 7. Otabek Shukurov, 9. Odil Hamrobekov, 19. Azizbek Turg‘unboyev (22. Oybek Bozorov, 52), 10. Jaloliddin Masharipov (15. Oston O‘runov, 66), 21. Igor Sergeyev (6. Sardor Sobirxo‘jayev, 66), 14. Eldor Shomurodov (11. Sherzod Temirov, 82).
Tailand: 23. Sivarak Tedsungen, 2. Sasalan Haipraxon, 4. Pansa Hemvibun, 15. Tanabun Kesarat, 19. Tristan Do, 3. Tiraton Bunmatan, 6. Sarach Yuyen, 8. Zitifan Puangjan, 11. Bordin Fala, 16. Fitivat Sukjitzammakul, 17. Chavvat Srinavong.
Ortda qolgan 3 turdan so‘ng "C" guruhidagi vaziyat quyidagicha ko‘rinish oldi:
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi