23 yoshga bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan qit’a kubogining 2-yarim finali ham ortda qoldi. Unda O‘zbekiston olimpiyachilari Yaponiyani mag‘lub qilishdi (2:0). Uchrashuvdan keyin O‘zPFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayevdan intervyu olishga ulgurdik.
— Yaponiya barcha yosh toifasidagi turnirlarda qit’aning asosiy favoriti hisoblanadi. Ularga qarshi shunday o‘ynashimizni kutgan endingizmi?
— Ha, o‘tgan o‘yindan kelib chiqib Yaponiyani mag‘lub qilishimizga ishongan edim. Chunki jamoada ruhiyat oshdi. Agar Iroqni osonlik bilan yutsak, kun chiqar yurt vakillariga qarshi bugungi kayfiyatda maydonga chiqa olmas edik. Har yomonning bir yaxshisi bo‘ladi. Iroq bilan o‘yindagi juda qiyin g‘alaba bizning foydamizga ishladi. Shu tufayli bemalol yutishmizga ishongan edim. Yigitlar muxlislar uchun ham, oilasi uchun ham — hamma uchun o‘ynashdi. Men shundan xursandman.
Qarang, agar Iroqni osonlik bilan yutsak, oddiy voqelik bo‘lib qolardi. Hozir o‘sha bahs ham, bugungi g‘alaba, muxlislarning stadion tashqarisidagi ajoyib performansi-yu o‘z maydonimizda finalga chiqishimiz ham tarixiy voqeaga aylandi.
— Muxlislar faqat bir o‘yinga chetlatilganmi?
— Ha, finalda tomoshabinlar stadionga qaytishi mumkin bo‘ladi. "Paxtakor" stadionidagi o‘sha o‘yin 20 yildan keyin ham "toshbo‘ron" voqeasi sifatida eslansa kerak. O‘zimizning chempionatda ham so‘nggi paytlarda shunga o‘xshash hodisalar ro‘y bera boshlagandi. Bu qanchalik yomonligi OFK timsolida ma’lum bo‘ldi.
— Endi final haqida. Saudiya Arabistoni yosh jihatdan bizdan kattaroq. O‘sha o‘yin haqida taxminlaringiz qanday?
— Faqat g‘alaba. Boshqacha bo‘lishi mumkin emas. To‘g‘ri, saudiyaliklar chempion bo‘lishni juda xohlashmoqda. Shuning uchun pley-off bahslaridan boshlab ularga milliy terma jamoaning 2 nafar vakili ham qo‘shildi. Ha, ular tajribaliroq.
Ammo Saudiya Arabistonidan ham olinmagan alamlarimiz bor. Milliy va olimpiya terma jamoalarimiz so‘nggi bahslarda ularga imkoniyatni boy berishgan edi. Shuning uchun xarakter ko‘rsatib, g‘alaba qozonishimizga ishonaman. Esingizda bo‘lsa, 2008 yilda ham raqib bizdan kuchli edi. Lekin MHSK stadionidagi aura, muxlislar yuzaga keltirgan muhit ularni falaj qilib qo‘ygan va 3:0 hisobida zafar quchganmiz. O‘sha kuni Timur Kapadze ham saudiyaliklar darvozasiga gol urgan edi.
— Bunaqa g‘alabalardan keyin finaldagi ehtimoliy muvaffaqiyatsizlik ham yengil qabul qilinsa kerak...
— Yo‘q, mag‘lub bo‘lmasak kerak. Hozir bolalarimiz bir narsani his qilishlari kerak, ular allaqachon qahramonga aylanishdi. Bu bizga qo‘shimcha motivatsiya beradi.
— Oxirgi savolim murabbiy haqida bo‘ladi. Oldinroq Babayanda ham, Drulovichda ham ko‘plab yulduzlar bor edi. Olimpiyachilarimizning bugungi tarkibiga qarasangiz, bir xil darajadagi futbolchilar yig‘ilganiga guvoh bo‘lasiz. Ular o‘zlaridan katta yoshdagi raqiblarga qarshi o‘ynashsa ham, o‘yin mazmunli chiqyapti. Biz uzoq vaqtdan beri kutayotganimiz kuchli mahalliy mutaxassis yetishib chiqyaptimi?
— Men Timur Kapadzeni futbolchilik davrida ham, hozir ham juda hurmat qilganman. Chunki u o‘z imzosiga ega shaxs. Umid Ahmadjonov davrida terma jamoani kimga topshirish masalasi muhokama qilingan edi. Men o‘shanda butsalarini endigina mixga ilgan Kapadzeni ko‘rsatgandim. Unga imkon berilgan va o‘sha davrda ham yaxshi taassurot qoldirgan edi. Uning futboli qo‘rqoq futbol emas. Kapadze, Berdiyev singari mutaxassislar futbolimiz uchun juda kerak. Bu qachondir Srechko Katanes ketsa, bosh jamoamiz taqdiri ishonchli qo‘llarda qolishini anglatadi...
Faxriddin suhbatlashdi
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi