16:31 / 19.06.2022
1 203

O‘zbekiston final uchun maxsus forma tayyorladi, ammo OFK bunga ruxsat bermadi

O‘zbekiston final uchun maxsus forma tayyorladi, ammo OFK bunga ruxsat bermadi
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi final uchun oq rangli formalarni tayyorlab qo‘yganiga qaramay bugun ko‘k formada o‘ynaydi. Reglamentga ko‘ra, uchrashuvning rasmiy mezboni O‘zbekiston terma jamoasi va forma rangini aynan mezbon jamoa tanlaydi.

Biroq OFK O‘zbekistonga oq formada o‘ynashni rad qilgan, buning sababini so‘rashganida "no comment" deyishgan. Shu bois Saudiya Arabistoni finalda oq rangli formada maydonga tushadi.

Odatda bunday holatda muammoni uchrashuv komissari hal qilishi kerak, ammo bu vaziyatda u ham hech nima qila olmadi. Ko‘rinishidan, "tepadan" buyruq kelgan shekilli. Bu esa katta ehtimol bilan OFKning Saudiya Arabistonini qo‘llab quvvatlayotganini isbotlaydi.

Formadan tashqari final uchrashuviga qatarlik arab hakami tayinlandi, odatda final bahslariga neytral hakamlar tayinlanardi. Bunday vaziyatda, Yaponiya, Janubiy Koreya yoki, deylik, Malayziya davlatidan hakam tanlansa bo‘lardi.

Qo‘shimcha qilish kerakki, OFKning eng katta hamkorlaridan biri hisoblangan "Neom" kompaniyasi aynan Saudiya Arabistonida joylashgan", - deb yozadi Nikolay Yegorichev telegramdagi o‘z kanalida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston final uchun maxsus forma tayyorladi, ammo OFK bunga ruxsat bermadi