08:44 / 26.06.2022
1 116

Mourinyu 26 ta sovrinni qanday qo‘lga kiritgani sirini ochdi

Mourinyu 26 ta sovrinni qanday qo‘lga kiritgani sirini ochdi
Portugaliyalik mutaxassis o‘zining murabbiylik qobiliyati haqida gapirdi. "Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu biror jamoaga qo‘shilganidan so‘ng qisqa vaqt ichida qanday qilib chempionlikni qo‘lga kiritishini tushuntirishga harakat qildi.

"Menimcha, bu jamoani tushunishga harakat qilganim uchun bo‘lsa kerak. Men o‘qiganman. Farqlardan maksimal darajada foydalanishga, o‘z g‘oyalarimni amalga oshirishga harakat qilaman, lekin shu bilan birga, mahalliy madaniyatni, shuningdek, o‘yinga bo‘lgan mahalliy yondashuvni hurmat qilaman", – dedi Mourinyu.

Portugaliyalik hisobida 26 ta sovrin bor. O‘tgan mavsumda u "Roma" bilan birgalikda Konferensiya Ligasida g‘olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Rimliklar turnir finalida "Feyenoord"ni 1:0 hisobida mag‘lub etishdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mourinyu 26 ta sovrinni qanday qo‘lga kiritgani sirini ochdi