
Belarus oliy ligasi 12-turining so‘nggi uchrashuvida “Energetik-BGU” o‘z maydonda “Dnepr-Mogilev” jamoasini qabul qildi. Uchrashuvning 22-daqiqasida Bobur Abduxoliqov mehmonlar darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni ochdi. Biroq, minsklik talabalarga g‘alabani ushlab qolish nasib etmadi.
Raqib jamoa ikkinchi bo‘limda vaziyatni o‘ngladi. O‘yin 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi. Ochkolari sonini 26 taga yetkazgan “Energetik-BGU” musobaqa jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi.
Bobur Abduxoliqov esa gollari sonini 13 taga yetkazib, to‘purarlar bahsida yetakchilik qilmoqda. Legionerimizning golli seriyasi beshta uchrashuvga yetdi.
Umuman olganda, Bobur birinchi davrada “Energetik-BGU”ga to‘qnash kelgan 12 ta jamoadan to‘qqiztasining darvozasiga yo‘l topa olgan. Shuningdek, hamyurtimiz hisobida to‘rtta golli uzatma bor va u chempionatning eng foydali o‘yinchisi bo‘lib turibdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar