
UFC promousheni 28 iyun kuni yangilangan reytingni e’lon qildi.
26 iyun tongida bo‘lib o‘tgan UFC Vegas 56 musobaqasi asosiy jangida g‘alaba qozongan Mateush Gamrot yengil vazn divizionida to‘rt pog‘ona yuqorilab, 8-o‘rinda qayd etildi. Unga mag‘lub bo‘lgan Arman Sarukyan 11-pog‘onadagi joyini saqlab qoldi.
Konor Makgregor yengil divizion o‘nligini tark etgan. Irlandiyalik yakkakurashchi 8-pog‘onadan 12-o‘ringa tushib ketgan.
Yarim o‘rta vazn toifasi vakili Shavkat Rahmonov reytingda bir yo‘la beshta pog‘ona ko‘tarilgan va kuchli o‘nlikka kirgan. Unga yengilgan Nil Magni esa 12-o‘ringa tushib ketdi.
Promoushendagi uchinchi g‘alabasiga erishgan Umar Nurmagomedov ilk bor reytingda ko‘rinish berdi. Rossiyalik sportchi o‘ta yengil vazn toifasining 15-pog‘onasidan joy olgan.
UFC ReytingiShavkat RahmonovKonor MakgregorYengil VaznMusobaqa G‘alabasiUmar Nurmagomedov O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar