
Mamlakatimizda yosh avlodni qo‘llab-quvvatlash, ularning davlat va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish maqsadida o‘zining yuksak azm-u shijoati, bilim va salohiyati, iste’dod va qobiliyatini namoyon etib, turli sohalarda erishgan yutuqlari bilan Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga, uning shon-shuhratini jahon miqyosida yanada yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgan, el-yurtimizga mehri va sadoqati, namunali xulqi va odobi hamda vatanparvarlik fazilatlari bilan tengdoshlariga har tomonlama o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir qator tashabbuskor va yetakchi yoshlarimiz “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi:
Quvonarlisi, mukofotlanganlar orasida O‘zbekiston U-23 Olimpiya terma jamoasining 3 nafar a’zosi ham bor:
1. Jaloliddinov Jasurbek Jamshid o‘g‘li — Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi (U-23) sardori;
2. Norchayev Xusain To‘raqul o‘g‘li — Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi (U-23) a’zosi;
3. Erkinov Hojimat Botir o‘g‘li — Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi (U-23) a’zosi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar