
Bir necha kun avval Turkiyaning "Galatasaroy" klubi Eldor Shomurodovni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkinligi borasida xabar berilgandi.
Hurriyet.com.tr nashri hamyurtimiz jamoaning asosiy nishoniga aylanganini yozdi. Unga ko‘ra "Galatasaroy" Shomurodovni bir yilga ijaraga olib, keyinchalik sotib olmoqchi.
Ayni paytda Turkiya tomoni vakilimizning transferini tezlashtirib, "Roma"ga taklif yubordi. Da’vogar tomon rimliklarning javobini kutmoqda.
"Roma" bu so‘rovga qanday javob berishi ko‘pchilikka qiziq. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar