06:07 / 03.07.2022
3 235

Shomurodov mavsumni qayerda boshlashi hal bo‘ldi!

Shomurodov mavsumni qayerda boshlashi hal bo‘ldi!
Turkiya Superligasi vakili “Galatasaroy”ning Eldor Shomurodov transferi bo‘yicha so‘rovi “Roma” klubi rahbariyatini o‘zbek hujumchisi kelajagi borasida hal qiluvchi qaror qabul qilishga turtki bo‘ldi.

La Gazzetta dello Sport nashrining ta’kidlashicha, “Roma” mutasaddilari bosh murabbiy Joze Mourino talabiga ko‘ra, kelasi mavsum uchun kuchli tarkibni shakllantirish bo‘yincha ish olib bormoqda.

Mazkur nashr Joze Mourino kelasi mavsum uchun Eldor Shomurodovni olib qolishga qaror qilganini ma’lum qildi. Bu qaror klub rahbarlariga ham ma’qul keldi. Chunki bir yil muqaddam 18 million yevroga xarid qilingan o‘zbekistonlik futbolchini sotish moliyaviy tomondan klubga ziyon keltiradi.

Shu bois, portugaliyalik mutaxassis kelasi mavsum ham Eldorni o‘z jamoasida ko‘rishni va unga yana imkon berishni ma’qul topdi.

Bundan tashqari, klub sport direktori Tyagu Pinto Joze Mourino talabi asosida hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun “Valensiya”dan Gonsalo Gedesh va “Budyo-Glimt”dan Ola Solbakkenni olib kelish bo‘yicha ish olib bormoqda.

“Roma”ning kelajagiga ishonganim uchun keldim!

“Roma”ning yozgi transferlar mavsumida qo‘lga kiritgan yangi futbolchisi – darvozabon Mile Svilar o‘z fikr mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

- Men “Roma”ni ajoyib klub bo‘lgani va ajoyib loyihaga ega ekani uchun tanladim. Men har kuni o‘z ustinimda tinimsiz ishlayman. Chunki bu yerga rivojlanish va o‘sish istagi bilan kelganman.

Joze Mourino ajoyib murabbiy. Men hech qachon uning shogirdi bo‘lishim mumkinligi haqida o‘ylamaganman.

Men kabi Rimga yangi kelgan Nemanya Matichni 10 yildan beri bilaman. “Benfika”ga yangi o‘tganimda u menga klub haqida yaxshi gaplarni gapirib bergan.

O‘zimga kelsak, Belgiyada tug‘ilganman. Ota-onam serb. Beshta tilni bilaman. Italyanchani ham yaxshi tushunaman, hozircha yaxshi gapira olmayman. Men hujumchilarga to‘p yetkazib berishni yaxshi ko‘radigan va himoyadagilar bilan ahil bo‘lib o‘ynaydigan darvozabonman
, - dedi Mile Svilar.

“Roma” futbolchisini kutyapmiz!

“Sampdoriya” kelasi mavsum oldidan maydon markazida o‘ynaydigan mahoratli futbolchi olishni maqsad qilgan. Jamoa bosh murabbiyi Marko Jampaolo bu pozitsiyaga “Roma”ga kerak bo‘lmay qolgan Gonsalo Vilyarni olib kelmoqchi.

Ispaniyalik yarim himoyachi aslida “Valensiya” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Rim klubi uni 2020 yili “ELche” klubidan sotib olgan.

O‘tgan yili “Roma”ni Joze Mourino qabul qilib olganidan keyin Gonsalo Vilyarning ishlar yurishmay qoldi.

Natijada 24 yoshli futbolchi yanvar oyida “Xetafe”ga ijaraga berildi. Ispaniya chempionatida o‘n mart maydonga tushgan yarim himoyachi bitta golli pas uzatdi xolos. Mavsum yakunlangach, “Xetafe” Gonsaloni ortga qaytarib yubordi.

“Sampdoriya” bosh murabbiyi Jampaolo Vilyarning iste’dodini yuqori baholamoqda va mavsum boshlangunga qadar uni o‘z jamoasiga qo‘shib olmoqchi.

Vilyarning amaldagi shartnomasi yana ikki yil davom etadi. Futbolchining transfer summasi 5 million yevrogacha arzonlab ketgan. Mourino ham unga boshqa imkon bermasligi bois, “Sampdoriya” bu transferni amalga oshishiga ishonmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodov mavsumni qayerda boshlashi hal bo‘ldi!