PSJ hujumchisi Neymar Angliya Premer-ligasi jamoasiga o‘tishga tayyor. Bu haqda jurnalist Nizar Kinsella ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali xabar berdi.
Angliyada Neymarga asosiy davogar Londonning “Chelsi” klubi hisoblanadi. Biroq “aristokratlar”da Neymarni taklif qilish borasida yetarlicha muammolar bor. Asosiysi futbolchining maoshi hisoblanadi.
Neymar rahbariyat bilan mojaro tufayli PSJni tark etishga tayyor. Klubning o‘zi ham braziliyalikning xizmatiga muhtoj emas, shuning uchun sport direktori Luis Kampos unga yangi jamoa topishga harakat qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, hujumchi 2017 yilda 222 million yevro evaziga “Barselona”dan PSJga ko‘chib o‘tgan. Hozirda “Transfermarkt” portali braziliyalikni 75 million yevroga baholagan.
Neymar o‘tgan mavsum Parij klubining ichki chempionat doirasidagi 22 o‘yinda maydonga tushib, 13 gol va 6 assist muallifiga aylangan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi