1 162
Voyneski: "Bugungi g‘alabani muxlislarga bag‘ishlaymiz, ulardan o‘tgan o‘yindagi mag‘lubiyat uchun uzr so‘rayman"
Superliganing qoldirilgan 5-turidan o‘rin olgan "Metallurg" - "Paxtakor" uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Slavche Voyneski fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
O‘yin haqida
- Birinchi bo‘lim ikki qismdan iborat bo‘ldi. Uchrashuvni yaxshi boshladik, biroq keyinchalik shogirdlarimda biroz charchoq yuzaga keldi. Bekobodga Toshkentdan kelib futbol o‘ynash istalgan jamoaga oson emas, biz ikki yarim soat yo‘l bosdik. Ikkinchi taymda esa, qanday futbol o‘nash kerak bo‘lsa, shunday yo‘l tutdik. Futbolchilar talab qilingan vazifalarni bajarishdi. Ikkinchi bo‘lim juda yaxshi o‘tdi. G‘alaba bilan shogirdlarimni tabriklayman. Chempionlar ligasidan so‘ng biroz og‘ir davrni boshdan kechirdik. Turnirdagi o‘yinlar qisqa muddat oralig‘ida o‘tkazildi, buning natijasida juda ko‘p energiya yo‘qotdik. Shundan so‘ng milliy chempionatda yuqori sur’atga tushib olishimiz qiyin bo‘ldi. Jamoada potensial yuqori, ikkinchi davrada ancha kuchayamiz. O‘zimiz qanday o‘ynashni xohlasak, bu borada mashg‘ulotlarda ishlaymiz. O‘ylashimcha, ikkinchi davra biz uchun yaxshi ruhda o‘tadi.
- Himoya markaziga Hamrobekovning joylashtirilishi Larin va Xadjiyevning o‘yinidan qoniqmaganingizdanmi yoki boshqa sababi bormi?
- Bu qaror qoniqish-qoniqmaslik natijasida emas. O‘yinchilarning holatini doimo tahlil qilamiz. Shu sabab, qolaversa, turli pozitsiyalarda to‘p tepa olishini bilganimiz uchun Hamrobekovni himoya markaziga joylashtirdik. U o‘yin jarayonini yaxshi nazorat qila oladi.
- O‘yinni tashkillashtirish Cheranga asoslangan. Hujumchining 35 yoshga yaqinlashayotganini hisobga olgan holda, uslubni o‘zgartirish rejalashtirilmayaptimi?
- Cheran "Paxtakor"ning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri, qolaversa, u jamoada uzoq vaqtdan beri to‘p tepadi. O‘ylashimcha, hujumchi yana 1-2 yil davomida yuqori saviyada o‘ynay oladi. Unga o‘rinbosar sifatida boshqa futbolchilarni tayyorlab borishga harakat qilyapmiz, masalan, Xolmatovni ushbu pozitsiyada sinab ko‘ryapmiz. Agar u yetarlicha tajriba to‘play olsa, bu nuqtada kuchli futbolchiga aylanadi. Bugungi g‘alabani muxlislarga ham bag‘ishlaymiz, ulardan o‘tgan o‘yindagi mag‘lubiyat uchun uzr so‘rayman. Ular bizning qo‘shimcha o‘yinchimiz, o‘tgan bahsda ularni ranjitdik, shu sababli, bugungi muvaffaqiyat to‘liq ularniki deb ayta olaman. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi