Superliganing 5-turida qoldirilgan "Nasaf" - "Surxon" (2:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Anxel Lopes o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Penalti rejalarimizni buzib yubordi. O‘yin tarzi o‘zgarib ketdi. Balki bahsda belgilangan penalti 100 foiz jarimaga tortmas, chunki bu yerda xavfli holat yo‘q edi. Bahs 0:0 bo‘lib turganida, hisobni ushlab turish uchun o‘ynayotgandik. Penaltidan keyin esa himoyachilarning o‘yinida biroz parokandalik yuzaga kela boshladi. Keyinchalik hujumga o‘tib, hisobni tenglashtirishga harakat qildik. Ketma-ket uch marta durang o‘ynagan raqib uchun to‘rtinchisi favqulodda "avariya"dek botardi. Ikkinchi bo‘limda esa 77-raqamli futbolchining individual o‘yini evaziga raqib ikkinchi golni urdi. "Nasaf" O‘zbekistonning top-jamoasi. Ular buni OCHLda ham ko‘rsatib qo‘ydi.
Hisob 1:0 paytida ajoyib vaziyatni yo‘qqa chiqardik. "Nasaf" kabi top-klublar bilan o‘yinda bunday vaziyatlar doim ham yuzaga kelavermaydi. Agarda hisob 1:1 bo‘lganida ko‘p jihatlarni tartibga sola olardik. Jamoamning kelajagiga optimistik qarayman. Biz yanada yaxshi o‘yin ko‘rsata olamiz.
- "Surxon" "Nasaf" darvozasi oldida ko‘p ham vaziyat yarata olmadi. Jamoaning hujum chizig‘ida muammolar ko‘zga tashlanyapti.
- Oybek Bozorov ayni damda chempionatdagi eng kuchli futbolchi. Jamoadagi yoshlarning kelajagi porloq. Buni ko‘rib turibmiz. Ammo "Nasaf"ning so‘nggi o‘yinlarini ko‘radigan bo‘lsak, jamoa "Olimpik"ni yutayotgan paytda ham, AGMKni mag‘lub etayotgan paytda ham o‘yinni nazorat qilgani yo‘q. "Nasaf"ga birinchi golni urib olgandan keyin raqibning rejalari o‘zgaradi. O‘shandagina ularga ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi gollarni urish mumkin bo‘ladi. Ammo bu istalgan raqib uchun qiyin. Bugun esa jamoa juda ham ajoyib va men uchun kutilmagan tarzda o‘yin namoyish qildi.
- Ikkinchi taym boshida markaziy himoyachi maydondan olinib, yarim himoyachi tushirildi. Ko‘p o‘tmay oldindagi futbolchi o‘yindan olindi va yana markaziy himoyachi o‘yinga tashlandi. Bunday qanday taktika bor?
- So‘nggi uch kun davomida Bobur kasal edi. Aynan uni almashtirish orqali yarim himoyachini tushirib, hujumkorlikni oshirish niyat bor edi.
- "Surxon" qachon Termizga qaytadi?
- Ayni damda buni amalga oshirishning iloji yo‘q. Maydonni tezroq tayyorlashga harakat qilishyapti. Biroq bu qachon tayyor bo‘lishini bilmayman.
- Navbatdagi bahs haqida nima deysiz?
- O‘z jamoamga ishonaman. Jamoa chempionatda yaxshi o‘ynamoqda, jamoa o‘zini ko‘rsatmoqda. Jamoa har tomonlama yaxshi o‘ynashga harakat qilmoqda. Jamoa kelajakda yanada yaxshiroq o‘ynashiga ishonaman. Yigitlarning kelajagi bor. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi