Italiyaning «Roma» jamoasi bugundan mashg‘ulotlarni boshlagan. «Trigoriya» bazasiga futbolchilar birma-bir kirib kelishgan. Aytilishicha, eng avval hujumchi Zanolo kelgan bo‘lsa, undan keyin yangi futbolchi Nemanya Matich va Eldor Shomurodov mashq maydoniga kirgan.
Futbolchilar darvoza oldida to‘plangan bolalarga dastxat berishgan, shu jumladan, Eldor Shomurodov ham libosga dastxat qo‘yib bergan.
Ko‘pchilik o‘yinchilar ta’tilini qisqartirishga majbur bo‘lgan, Shomurodov ham vaqtliroq qaytgan. Hamma bosh murabbiy Joze Mourinoning e’tiboriga tushishni istayotgani yozilgan italyan nashrlarida.
«Roma» yangi mavsumda Yevropa ligasida o‘ynaydi. Milliy chempionat esa 14 avgustdan boshlanadi. 1-turda rimliklar «Salernitana» mehmoni bo‘lishadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Yevropa konferensiyalar ligasida eng tezkor futbolchi deb Eldor Shomurodov topilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi