
“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronalduning transferini blokladi.
“Chelsi”ning yangi xo‘jayini Todd Byoli o‘zini vaqtinchalik sport direktori vazifasini bajarish uchun mas’ul qilib tayinlagan. Todd mashhur yulduz transferini amalga oshirib, klub tarixida yangi era boshlanganini shu tariqa nishonlamoqchi edi.
Toddning ro‘yxatiga “Barselona”dan Frenki de Yong, “Bavariya”dan Robert Levandovski, PSJdan Neymar va “Manchester Yunayted”dan Krishtianu Ronaldu kiritilgandi.
“Chelsi” prezidenti yaqinda Ronalduning agenti Jorje Mendesh bilan transfer masalasini muhokama qilgandi. Lekin Tomas Tuxel 37 yoshli hujumchini o‘z jamoasiga qo‘shishni istamadi va bu transferni rad etdi.
Germaniyalik mutaxassis yangi mavsumda hujum chizig‘ida Rahim Sterling, Kay Xaverts va Rafinya Dias uchligidan foydalanmoqchi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar