
Tennis bo‘yicha "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "Uimbldon" turnirining erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlari nihoyasiga yetdi.
Hal qiluvchi bahsda serbiyalik Novak Jokovich Avstraliya vakili Nik Kirosga qarshi kortga chiqdi. Kutilmaganda ilk setni boy bergan Novak keyingilarida faollikni oshirdi hamda o‘yin taqdirini o‘z foydasiga hal etdi. Yakuniy hisob - 4:6, 6:3, 6:4, 7:6(7:3).
Shu tariqa, 35 yoshli raketka ustasi 7 karra Britaniya ochiq chempionati g‘olibiga aylandi. Shuningdek, uning "Ulkan toj" turkumidagi musobaqalarda qo‘lga kiritgan bosh sovrinlari soni 21 taga yetdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar