“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino klub mutasaddilarining transfer bozoridagi harakatlariga yana norozilik bildirdi.
Portugaliyalik mutaxassis oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun tarkibni sezilarli darajada kuchaytirish kerakligini ta’kidlamoqda. Hozircha, rimliklar faqat uch futbolchi – darvozabon Mile Svilar, himoyachi Mehmet Zeki Chelik va yarim himoyachi Nemanya Matich bilan shartnoma tuzdi.
Sorriere dello Sport nashrining ta’kidlashicha, Joze Mourino klub xo‘jayinlaridan erkin agent maqomida yurgan Paulo Dibalani olib kelishni talab qilmoqda. “Yuventus” bilan xayrlashgan argentinalik yulduz hali o‘ziga jamoa tanlagani yo‘q.
Dibalaga Angliyadan ham qiziqish bo‘layotgan edi. Biroq uning o‘zi Italiyada qolmoqchi. Uning agentlari hujumchi xizmatini “Milan”ga taklif qilib, rad javobini oldi. “Inter” rahbariyati Dibaladan ko‘ra, “Chelsi”dan Romelu Lukakuni qaytarishni ma’qul topdi.
Dibalani oladigan klub futbolchiga har mavsum uchun kamida 6 million yevro maosh berishi kerak. “Roma” rahbariyati bu summa klub uchun og‘irlik qilishini ta’kidlamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)