Kecha bir qator xorij nashrlari Saudiya Arabistonining "Al-Nassr" klubi futbolchisi Jaloliddin Masharipovni boshqa jamoaga o‘tgani borasida xabarlar tarqatdi.
Manbalarda yozilishicha, O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Birlashgan Arab Amirliklarining "Shabab Al Ahli" jamoasiga o‘tmoqda. Avval ham shu jamoada ijara asosida to‘p tepgan Masharipovning o‘yinlari klub rahbariyatiga ma’qul kelgani bois u bilan 3 yillik shartnoma borasida kelishib olingan. Transfer yaqin orada e’lon qilinishi kutilayotgani aytilgandi.
SPORTS.uz Jaloliddin Masharipov bilan bog‘landi va ushbu ma’lumotlarga aniqlik kiritdi. Futbolchining bildirishicha, chindan ham BAA jamoasidan tinimsiz ravishda takliflar bo‘lmoqda. Ammo shartnoma imzolanmagan.
Qolaversa, "Al-Nassr" klubining yangi bosh murabbiyi fransiyalik Rudi Garsiya hamyurtimizga ishonch bildirmoqchi. Shuning uchun hozir BAA varianti Masharipovning kun tartibidan o‘rin olmagan. Jaloliddin jamoasining Ispaniyada bo‘ladigan yig‘iniga yo‘l olishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)