"Paxtakor" asosiy jamoasi bosh murabbiyi sifatida Maksim Shatskix bilan kelishuvga erishildi.
Futbol bilan shug‘ullanishni boshlagan "Paxtakor" futbol maktabida boshlagan, professional faoliyatida Kiyevning "Dinamo" klubidagi ajoyib va sermahsul o‘yinlari bilan muxlislar mehrini qozongan Shatskix keyinchalik murabbiylik ishini ham ushbu klubda boshladi. Akademiya jamoalaridan keyin asosiy jamoa murabbiylar shtabida faoliyat yuritdi. Keyinchalik Rossiyaning "Rotor" klubida ishladi. Iyun oyidan beri u "Paxtakor"da sport direktori sifatida ishlab kelayotgandi.
Bugun "Paxtakor" futbol klubi va Maksim Shatskix o‘rtasida uch yillik shartnomaga imzo chekildi. Valeriy Lobanovskiy singari mutaxassis qo‘l ostida "Dinamo" Kiyevda o‘ynagan Shatskix zamonaviy futbol bilimlarini yaxshi o‘zlashtirgan. U katta klubda akademiyadan asosiy tarkibgacha bo‘lgan yo‘lni iqtidorlarning tizim asosida bosib o‘tishiga yordamlashgan, yosh va yuqori salohiyatli futbolchilarni tajribali o‘yinchilar bilan uyg‘unlashtirgan holda ishlashni yaxshi o‘zlashtirgan. Maksim Aleksandrovich "Paxtakor" bilan ko‘plab g‘alabalarga erishadi deb umid qilamiz. Uch yillik shartnoma muddati ham klubimizning Shatskix bilan rejalari ulkanligini ko‘rsatadi.
Jismoniy tayyorgarlik murabbiyi sifatida ukrainalik Vitaliy Shpanyuk taklif etildi. 51 yoshli mutaxassis faoliyati davomida Ukrainaning "Kremen", "Arsenal", "Slavutich", "Karpati", "Lvov", "Vorskla" va LNZ, Rossiyaning "Anji", "Rotor", Gruziyaning "Dinamo" Tbilisi klublarida ishlagan. Shuningdek, uch yarim yil davomida Ukraina milliy terma jamoasida ishlagan.
Shatskixga yordamchi sifatida Vyacheslav Belyayev ishlaydi. U Ukrainaning "Tavriya", "Metallist", Gruziyaning "Dinamo" (Tbilisi) va Rossiyaning "Rotor" klublarida faoliyat yuritgan. Mahalliy mutaxassislardan Denis Ivankov (darvozabonlar murabbiyi), Kamoliddin Tojiyev (yordamchi) va Yuriy Siyanov (jismoniy tayyorgarlik) Shatskixga yordam berishda davom etishadi.
Umid qilamizki, Shatskix bilan birgalikda ko‘plab sovrinlarga ega chiqamiz.
"Paxtakor" matbuot xizmati.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)