“Sevinch” tarkibida endi uch nafar legioner futbolchi to‘p suradi

“Sevinch” tarkibida endi uch nafar legioner futbolchi to‘p suradi
Sevinch” o‘z tarkibini davralar oralig‘ida kuchaytirishga katta e’tibor qaratdi. Natijada “Nasaf” klubining bosh homiysi – “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ rahbariyati ning bevosita qo‘llab-quvvatlashi evaziga o‘z tarkibiga uch nafar legioner futbolchini qo‘shib oldi.

Bular Dangmei Greys, markaziy yarim himoyachi – Hindistondan, Mumuni Fuseina, hujumchi – Ganadan va Njolle Alvine Ngonja, markaziy himoyachi – Kamerundan.

Mumuni Fuseina bungacha Jizzaxning “So‘g‘diyona-W” jamoasida to‘p tepgan va o‘tgan yilgi mavsumda chempionlikni rasmiylashtirgan.
“Sevinch” tarkibida endi uch nafar legioner futbolchi to‘p suradi
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar