
AQSH chempionatida ishtirok etayotgan “Di Si Yunayted” jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan Ueyn Runi urugvaylik hujumchi Luis Suaresni tarkibga qo‘shib olmasligini ma’lum qildi.
- Luis Suaresni qattiq hurmat qilaman. U juda zo‘r futbolchi. Lekin menga och o‘yinchilar kerak. Men yangi jamoamga g‘alaba va sovrinlarga och, bu yo‘lda borini bera oladigan, har bir mashg‘ulotda va uchrashuvda ter to‘kishga qodir o‘yinchilar kelishini istayman, - dedi angliyalik murabbiy.
Luis Suaresning “Atletiko” bilan shartnomasi tugadi va u hozir erkin agent maqomida yuribdi. Tajribali to‘purar Madrid klubi safida Ispaniya chempionatida 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 11 ta gol yozdirib qo‘ydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar