Foto: OFK
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) tashkilotga a’zo to‘rtta assotsiatsiyadan Osiyo Kubogi—2023 musobaqasi mezbonligi uchun bildirishnoma oldi. Bu haqida OFK rasmiy sayti ma’lum qildi.
Avstraliya, Indoneziya, Janubiy Koreya va Qatar Osiyo Kubogi musobaqasiga mezbonlik qilish taklifini bergan. Osiyo Kubogi—2023 ga mezbonlik qilish bo‘yicha hujjatlarni taqdim etish 17 iyundan boshlab 31 avgustga qadar davom etadi.
2022 yil 17 oktabr sanasida OFK Ijroiya qo‘mitasi tomonidan 24 jamoa ishtirok etadigan musobaqa mezboni nomi e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo Kubogi—2023 musobaqasi Xitoyda bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan edi. Ammo mamlakatdagi COVID-19 pandemiyasi sabab OFK musobaqa Xitoyda o‘tkazilmasligini ma’lum qilgandi.
Musobaqa 2023 yilning 16 iyundan 16 iyuliga qadar davom etadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar