
Oston O‘runovning transferi bilan bog‘liq xabarlar tinmayapti. Hamyurtimizni o‘z safida ko‘rmoqchi bo‘lganlar soni yana bittaga ko‘paydi.
Rossiyaning metaratings.ru nashri Ostonga yangi xaridor chiqqanini ma’lum qildi. Vakilimizga Eronning "Istiqlol" klubi qiziqib qolgan.
Eronliklar O‘runovni transfer qilishni istaydi. Ammo unga "Spartak"da oladigan maoshni to‘lay olmaydi. Futbolchi esa oyligi kamayishini istamayapti. Aynan mana shu omil transferga to‘sqinlik qilmoqda.
Avvalroq "Navbahor" ham Ostonni o‘z safiga qo‘shib olmoqchiligi, biroq Rossiyadagidek yiliga 600 ming yevro emas, balki 100 ming yevro berishga tayyorligi borasida xabarlar urchidi. Keyin esa namanganliklar matbuot xizmati ushbu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini, Oston ularning rejalarida yo‘qligini bildirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar