Navoiyning “Qizilqum” klubi ham Toshkentdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini davom ettirib kelyapti. Sovrindorlar qatoridan joy olishni ko‘zlayotgan jamoa uchun ikkinchi davra hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Shunga yarasha tarkibda ayrim o‘zgarishlar ham yuz beryapti.
Masalan, yaqinda tajribali o‘yinchi Erkin Boydullayev “Qizilqum” bilan xayrlashdi. Shundan so‘ng jamoaga Dilshod Jo‘rayev taklif qilindi va u bilan kelishuvga erishildi. “Qizilqum” bosh murabbiyi Nikola Lazarevich ushbu o‘zgarish xususida shunday dedi:
"Ha, biz birinchi navbatda jamoani kuchaytirish haqida o‘ylayotgandik. Shuning evaziga ketishni xohlagan o‘yinchilar bilan xayrlashishni lozim topdik. Qolaversa, tarkibni yoshartirmoqchimiz. Rahbarlar bilan kelishgan holda Erkin Boydullayevni boshqa klubga o‘tishiga to‘sqinlik qilmadik. U ketganidan keyin bizda tanyach yarim himoyasida faqat bir nafar futbolchi qolgandi. Biz esa bu pozitsiyani kuchaytirishimiz kerak edi. Shu bois Dilshod Jo‘rayevni taklif qildik. Bizda bu pozitsiyaga bir necha nomzodlarimiz bor edi. Yakunda Jo‘rayev variantida to‘xtadik. Bundan tashqari, “Olimpik”dan yosh iqtidorli futbolchi Davron Anvarovni ham oldik. Ushbu futbolchilarga ishonamiz, umid qilamanki, bizga yordami tegadi".
Darvoqe, “Qizilqum” jamoasining yana bir yetakchilaridan biri klubdan ketayotgani haqida eshitdik. Gap shundaki, tajribali himoyachi Islom To‘xtaxo‘jayevga Qatarning “Al-Garafa” jamoasidan taklif tushgan. Shu sababli “Qizilqum” ustozidan To‘xtaxo‘jayev masalasida ham so‘radik.
"To‘xtaxo‘jayev hali ketmadi. Ammo bugun-erta ketish ehtimoli bor. Unga Qatardan juda yaxshi taklif bo‘ldi. Bunday chaqiruv bo‘lgach, biz bunga qarshi chiqmadik. Futbolchida mana shunday taklif paydo bo‘lgach, men unga darhol ruxsat berdim. Chunki Islomga qiziqarli taklif tushgandi. Men, rahbarlar va butun jamoa To‘xtaxo‘jayev uchun xursandmiz. Biz uning faoliyatini Qatarda kuchli chempionatda davom ettirishidan mamnunmiz. Chunki Qatar birinchiligi Osiyodagi kuchli chempionatlardan biri. Islomga "Qizilqum"ga shuncha vaqt yordam bergani uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Unga keyingi faoliyatida omad va sog‘lik tilayman. Jarohatlardan holi bo‘lib, muvaffaqiyatli to‘p surishini istayman", - deydi Lazarevich.
Serbiyalik bosh murabbiy yozgi seleksiyada imkoni qadar tarkibni yanada kuchaytirish tarafdori. Buning ustiga ketayotganlar o‘rnini to‘ldirish ham talab qilinadi. Chunki jamoaning maqsadi jiddiy va shunga yarasha qadam tashlash kerak. Nikola Lazarevichdan seleksiyadan qanchalik qoniqayotgani xususida ham so‘radik.
"Ha, bizga qo‘shilgan ikkita o‘yinchidan tashqari Islom Kenjaboyev ham qaytdi. Yana ikkita pozitsiyaga o‘yinchi qidiryapmiz. Transfer oynasi yopilgunigacha izlayotgan futbolchilarni topishga harakat qilamiz. Seleksiyadan qoniqdim yoki qoniqmadim? Bu borada shuni aytamanki, nisbatan qoniqdim desam bo‘ladi. Ammo bir-ikkita o‘yinchilar ro‘yxatimizda bor edi va ularni ham taklif qilmoqchi edik. Hammasini vaqt ko‘rsatadi. Agar seleksiyadagi rejamiz amalga oshsa, yanada yaxshi bo‘ladi. Umuman olganda, yangi taklif qilingan futbolchilarning ikkinchi davrada yordami tegadi, degan umiddamiz".
Ko‘rib turganingizdek, navoiylik Islom Kenjaboyev yana “Qizilqum”ga qaytdi. “Navbahor”da yarim mavsum to‘p surgan iste’dodli yarim himoyachi sobiq klubidan tushgan taklifni qabul qilishga qaror qildi. Bu futbolchi jamoasini qanchalik kuchaytiradi? Lazarevich u to‘g‘risida shunday dedi:
"Meni ishonchim komilki, Islom Kenjaboyevni jamoamizga yordami tegadi. Lekin shuni ham aytish lozimki, kim qanday o‘yin ko‘rsatishini oldindan 100 foiz hech kim kafolat bera olmaydi. Ammo ushbu futbolchida yuqori potensial bor. Undan nimani talab qilayotganimizni yaxshi tushunib turibdi. Shuningdek, mazkur o‘yinchida menga yoqqan xususiyatlari mavjud. U sifatli futbolchi. Shu bois Islomni ortga qaytardik. Bundan tashqari, biz budjetga qarab ish tutamiz. Ya’ni, cho‘ntagimizga qarab o‘yinchi olamiz. Chunki ko‘p narsa budjetga borib taqaladi. Ammo umid qilamanki, ikkinchi davraga yaxshi jamoa bo‘ladi". “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar