"Olimpik" o‘rtoqlik o‘yinida AGMKni mag‘lub etdi

"Olimpik" o‘rtoqlik o‘yinida AGMKni mag‘lub etdi
Bugun Olmaliqda AGMK va "Olimpik" o‘rtasida nazorat bahsi o‘tkazildi. Unda Timur Kapadze qo‘l ostidagi jamoa 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

"Olimpik" ilk daqiqalardan hujum qilishga harakat qildi va bahsning 10-daqiqasida Farrux Muxtorov uzatmasidan so‘ng Behzod Shamsiyev hisobni ochdi. 72-daqiqada esa Xurshid G‘iyosov penaltidan unumli foydalandi va hisobni tenglashtirdi. Uchrashuv yakunlanishiga 5 daqiqa qolganida "Olimpik" vakili Muhammadali G‘iyosov qanotdan kirib borib, ajoyib uzatmani amalga oshirdi va Nodir Abduholiqov hisobni jamoasi foydasiga o‘zgartirdi. Shu tariqa, uchrashuv 2:1 hisobida "Olimpik" foydasiga yakunlandi.

AGMK – "Olimpik" 1:2
Gollar
: Bexzod Shamsiyev, 10 – 0:1. Xurshid G‘iyosov, 72 – 1:1. Nodir Abduholiqov, 85 – 1:2.

AGMK: Botirali Ergashev, Shohruh Gadoyev, Anzur Ismoilov, Sardor Rahmonov, Akrom Komilov, Abdulla Abdullayev, Mirjamol Qosimov, Siyavush Haqnazariy, Sanjar Tursunov (s), Xurshid G‘iyosov, Martin Boakye.
Zaxiradan tushganlar: Valijon Rahimov, Artyom Filiposyan, Iskandar Bo‘sinov, Ahmadullo Muqimjonov, Zafar Polvonov, Mirjahon Mirahmadov, Alisher Jalilov, Muhammadanas Hasanov.

"Olimpik": Shukron Yo‘ldoshev, Saidazamat Mirsaidov, Muhammadqodir Hamraliyev, Behzod Shamsiyev (s), Doston Tursunov, Abdurauf Bo‘riyev, Farruh Muxtorov, Muhammadaziz Ibrohimov, Otabek Jo‘raqo‘ziyev, Temur Mamasidiqov, Ruslanbek Jiyanov.
Zaxiradan tushganlar: Xamidullo Abdunabiyev, Jasur Xoldorov, Shahzod Toirov, Sunatulloh Hamidjonov, Sardorbek Maxmudov, Shahzod Rahmatullayev, Abubakr Rizo Turdialiyev, Nodir Abduholiqov, Mironshoh Sattorov, Muhammadali G‘iyosov, Alisher Odilov, Javohir Jo‘rayev.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar