
“Atletiko” klubi rahbariyati “Manchester Yunayted” to‘purari Krishtianu Ronalduni transfer qilish uchun jamoa yulduzi Antuan Grizmanndan voz kechishga qaror qildi, deb xabar tarqatdi The Times nashri.
“Atletiko” bu transferni amalga oshirishi uchun maoshlar fondini yengillashirishi talab etiladi. Shu bois ular katta maosh olayotgan Grizmanndan ayrilishga tayyor.
Aslida Grizmann “Barselona” futbolchisi hisoblanadi. Fransiyalik hujumchi 2021 yilning yozidan beri Madrid klubida ijarada o‘ynayapti.
Yaqinda “Atletiko” Grizmanning ijara muddatini yana bir mavsum uzaytirgan edi. Antuanning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2024 yilning yozigacha tuzilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar