
«Barselona» bosh murabbiyi Luis Enrike jamoa oldiga qo‘yilgan vazifalar haqida fikr bildirib o‘tdi.
«Men barcha sovrinlarni yutishni va barcha o‘yinarda g‘alaba qozonishni istayman. Buning uchun o‘z ishimizni sifatli bajarishga harakat qilamiz. Mavsumning muhim qismi yaqinlashmoqda. "Anoteta" stadionidagi mag‘lubiyatdan keyin ham mening fikrim o‘zgarmagandi. Bizning muammolarimiz vaqtinchalik ekanini bilardik», – deydi Enrike.
Manba: www.std.uz