
Bugun "Paxtakor" klubi yangi legioneri chernogoriyalik himoyachi Iliya Martinovichning tanishtirish marosimi o‘tkazildi. Ushbu anjumanda futbolchi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

- Xayrli kun. Bu yerga kelganimdan juda xursandman. Jamoa yaxshi taassurot qoldirdi. «Paxtakor» katta klub ekanligini ko‘rib turibman. Bu tashkiliy ishlar orqali ham sezilib turibdi.
«Paxtakor» katta tarixga ega klub. Dragan Cheran va Oliver Sharkich bilan klub haqida batafsil gaplashdim va bu yerga kelishga qaror qildim. Faoliyatim davomida faqat Yevropada to‘p tepganman. «Paxtakor» 15-chempionlik sari harakat qilayotganini bilaman. Shu sababli libosda uchinchi yulduzni paydo qilishga intilamiz. Shuningdek, jamoaga OCHLda yordam bermoqchiman.
Ilk nazorat o‘yinidan taassurotlarimga kelsak, futbolchilar tezkor va texnik jihatdan kuchli ekan. O‘yin juda tezkor ravishda o‘tdi. «Nasaf»da yosh futbolchilar ko‘pligini ko‘rdim. 2-davra boshlanishiga bir hafta qoldi, astoydil tayyorgarlik ko‘ramiz, - dedi Iliya Martinovich. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar