Jorjina Rodriges ijtimoiy tarmoqda "Atletiko" murabbiyi Diyego Simeonening rafiqasiga obuna bo‘ldi. Shu tariqa "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronalduning sevgan qizi Karla Pereyraning obunachisiga aylandi.
Oldinroq xabar berilganidek, Ronaldu "Atletiko"ga o‘tishga qiziqmoqda.
"Atletiko" muxlislari "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronalduning ushbu yozda Madrid klubiga o‘tishiga qarshi chiqishmoqda.
"Matraschilar" muxlislari Twitter'da buni #ContraCR7 (CR7Qarshi) xeshtegi orqali ko‘rsatishmoqda. Shunday ekan, muxlislar Ronaldu bilan shartnoma imzolashda o‘zlarining noroziliklarini bildirishmoqda va klub qaroriga ta’sir qilishmoqchi.
"Agar bu odam mening "Atletiko"imga kelsa, men ikki obunamni bekor qilaman. Biz ahlat yig‘iladigan joy emasmiz", — deb yozdi muxlislardan biri twitter'da.
"Bu nafaqat "Atletiko" muxlislariga tegishli, balki har bir klub muxlislari Ronalduni rad etishi kerak", — deb yozdi boshqa bir foydalanuvchi.
"Atletiko"chi bo‘lmaslik uchun barcha narsani ifodalaydigan masxaraboz. U kiyinish xonasi, muxlislar va qo‘li tekkan barchasini vayron qiladi. Uni hatto sport nuqtai nazaridan ham qo‘llab-quvvatlab bo‘lmaydi, uning darajasi yaqqol tushib ketgan", — deb yozdi klub muxlislaridan biri. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi