Shomurodovni sotib olmoqchi bo‘layotgan klub nomi ma’lum

"Roma" safida to‘p tepayotgan legionerimiz Eldor Shomurodov faoliyatini A Seriyaning boshqa bir klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Serianews.com" nashri xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, hamyurtimizga Italiyaning "Sampdoriya" klubi qiziqish bildirmoqda. Genuyaliklar safini Franchesko Kaputo tark etadigan bo‘lsa, Eldor uning o‘rnini egallash uchun asosiy da’vogar hisoblanadi.
O‘z navbatida "bo‘rilar" Abraxamga zaxira varianti topgan taqdirdagina Eldorni sotishi kutilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Shomurodovning ayni vaqtda "transfermarkt" portalidagi bahosi 8 million yevroni tashkil etadi. U o‘tgan yozda "Jenoa"dan Rim klubiga 18 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Ma’lum bo‘lishicha, hamyurtimizga Italiyaning "Sampdoriya" klubi qiziqish bildirmoqda. Genuyaliklar safini Franchesko Kaputo tark etadigan bo‘lsa, Eldor uning o‘rnini egallash uchun asosiy da’vogar hisoblanadi.
O‘z navbatida "bo‘rilar" Abraxamga zaxira varianti topgan taqdirdagina Eldorni sotishi kutilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Shomurodovning ayni vaqtda "transfermarkt" portalidagi bahosi 8 million yevroni tashkil etadi. U o‘tgan yozda "Jenoa"dan Rim klubiga 18 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgandi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…