
So‘nggi paytlarda Eldor Shomurodovning "Roma"dan ketishi borasidagi gap-so‘zlar ko‘payib ketdi. Rossiyaning "Metaratings" sayti legionerimizning agenti Qahhor Mo‘minov bilan bog‘lanib, mish-mishlarga izoh so‘radi.
"Transfer oynasi vaqtida turli xil variantlar bo‘lishi tabiiy. Faqatgina bir narsani aytishim mumkin: Eldor - "Roma" futbolchisi. Qolgan barchasi OAV tarqatgan taxminlar, xolos. O‘zgarish bo‘lishi mumkin, men hech narsani istisno qilmayman", - dedi Mo‘minov.
Avvalroq, Shomurodovga A Seriyaning boshqa jamoalari va Rossiya Premer ligasidan taklif borligi haqida xabar qilingandi.
27 yoshli legionerimiz "bo‘rilar" safiga o‘tgan mavsum avvalida "Jenoa"dan borib qo‘shilgandi. Bu vaqt oralig‘ida u 39 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5 gol va 6 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar