
Qarshining "Nasaf" klubi serbiyalik futbolchi Alen Mashovichni o‘z safiga qo‘shib olmoqda. Biz o‘yinchidan jamoaga kelishi haqida suhbatlashdik.
- "Nasaf"ga qay tarzda kelib qoldingiz?
- Hammasi tezlik bilan ro‘y berdi, "Nasaf"dan taklif oldim va bunday katta jamoaga kelishga rozi bo‘ldim. Bundan xursandman.
- Siz bungacha Sharqiy Osiyoda ham faoliyat olib borgansiz. Yaponiya haqida fikrlaringiz?
- Albatta, bu davlatdan juda yaxshi taassurotlar qolgan. Go‘zal mamlakat va yaxshi futbolga ega. Ba’zida mening taqdirim huddi Osiyoga yozilgandek his qilaman.
- O‘zbekistondagi legionerlarning ko‘p qismi serblar. Ularning orasida do‘stlaringiz bormi?
- Ha, buni bilaman. Bu yerda o‘ynaydigan do‘stlarim talaygina.
- "Nasaf"ga kelishingizdan oldin klub haqida nimalarni bilardingiz?
- Klub haqida yetarlicha ma’lumotlarga ega edim, chunki OCHLni ko‘rib boraman.
- "Nasaf" jamoasi muxlislariga nimani va’da bera olasiz?
- O‘yinlarda borimni beraman va "Nasaf" muxlislarini gol va assistlar bilan xursand qilaman. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar