Angliya Superkubogi. «Liverpul» «Manchester Siti» ustidan g‘alaba qozonib, superkubokni qo‘lga kiritdi

Angliya Superkubogi. «Liverpul» «Manchester Siti» ustidan g‘alaba qozonib, superkubokni qo‘lga kiritdi
Angliya Superkubogida «Liverpul» va «Manchester Siti» klublari 30 iyul, shanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.

Uchrashuvning 21-daqiqasida Muhammad Salohning assistidan so‘ng Trent Aleksander-Arnold hisobni ochdi. Birinchi bo‘limning qolgan qismida darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi. Ikkinchi bo‘limni ham jamoalar hujumkor boshladi. 70-daqiqada Julian Alvares muvozanatni tikladi. 83-daqiqada esa Muhammad Saloh penaltidan unumli foydalanib, mersisaydliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Uchrashuv so‘ngida Darvin Nunyes yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Shu tariqa «Liverpul» Angliya Superkubogiga ega chiqdi. 2021/22 yilgi mavsumda Yurgen Klopp shogirdlari Angliya Kubogida zafar quchgan bo‘lsa, «shaharliklar» Premyer Liga chempionligini qo‘lga kiritgandi.

Angliya Superkubogi—2022

«Liverpul» — «Manchester Siti» 3:1
Gol
: 1:0 – 21 Aleksander-Arnold, 1:1 — 70 Julian Alvares, 2:1 — 83 Muhammad Saloh (penalti), 3:1 — 90+4 Darvin Nunyes.
«Liverpul»: Adrian, Aleksander-Arnold (Elliot, 74), Matip, van Deyk, Robertson, Henderson (Milner, 74), Tiago Alkantara (Nabi Keyta, 85), Fabino, Firmino (Nunyes, 59), Saloh (Jons, 90+5), Dias (Fabio Karvalyo, 90).
«Manchester Siti»: Ederson, Uoker, Ake, Ruben Diash, Joau Kanselu, de Bryuyne (Gundo‘g‘an), Bernardu Silva, Rodri, Grilish (Foden, 58), Mahrez (Alvares, 58), Holand.
Ogohlantirishlar: Ruben Diash (83), Darvin Nunyes (90+5).

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar