
Hamyurtimiz Eldor Shomurodovning “Bolonya”ga transferi hamon qorong‘uligicha qolmoqda.
La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "Roma" va "Bolonya" klublari o‘zbekistonlik futbolchining transfer shakli bo‘yicha hozircha til topisha olmayapti. Gap shundaki, “bo‘rilar” Eldorni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olishni talab qilishmoqda, “Bolonya” esa aksincha, ijaraga olishni maqsad qilgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldinroq Shomurodovga “Torino” va “Sassuolo” klublaridan ham qiziqishlar mavjudligi haqida xabarlar tarqalgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar