Superliga 14-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Dinamo" uchrashuvidan keyin (3:2), mezbonlar darvozaboni Eldor Suyunov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- “Dinamo”ga qarshi 1-davradagi o‘yinga qaraganda, bugungi bahs ancha qiyin o‘tdi.
- Hozirgi kunda O‘zbekiston chempionatida hamma o‘yinlar qiyin o‘tmoqda. Sababi, jamoalarning darajasi deyarli bir xil. Kim kuchli, omadliroq bo‘lsa, o‘sha jamoa muvaffaqiyatga erishmoqda. Shuning uchun bugun qiyin bo‘ldi, keyin esa bu 2-davraning ilk o‘yini. Temp chiqib ketganimi, yutishimiz kerakligi va bosim borligi ham ta’sir qilgandir. O‘yinimiz ham o‘zimiz o‘ylagandek chiqmadi.
- 1-davrada Slavche Voyneski uslubi “Paxtakor”ga tushmadi. Shatskixning g‘oyalari futbolchilarga yoqyaptimi? U xohlayotgan futbol qanday?
- Slavchening ham o‘z uslubi va qarashi bor edi. “Paxtakor”da omadi kelmadi, bu futbol. Murabbiy taqdiri shu. Keyin esa uning o‘rniga Shatskixni olib kelishdi. O‘ylashimcha, u istayotgan futbolni keyingi yil ko‘rsata olishimiz mumkin. Chunki, hech qaysi murabbiy 1 hafta yoki 10 kunda o‘zi xohlagan futbolni jamoaga singdira olmaydi. Bunga harakat qilmoqdamiz, ayni vaqt o‘z pozitsiyamizga qaytib, faqat natija uchun intilmoqdamiz. Shu tufayli, o‘yinimiz ham o‘zimiz xohlagandek chiqmayapti. Shota davridagi futbol tugab, yangi sistemaga o‘tmoqdamiz. O‘tish bosqichidamiz. Xudo xohlasa, bu yil yaxshi natijalarni ko‘rsatsak, keyingi yildan Maksim Shatskix istayotgan futbolni namoyish etolamiz: hujumkor, pressing va faqat oldinga qaratilgan o‘yin.
- Chempionlik poygasidagi asosiy raqiblar.
- Ochkolarni hisobga olsak, hozirgi kunda chempionlik uchun 4-5 ta jamoa kurashmoqda. Musobaqa jadvali ham buni ko‘rsatmoqda. 1-davrada Turkiyada ham aytgandim, menimcha, titul uchun “Paxtakor” va “Nasaf” davogarlik qiladi.
Faxriddin Ro‘ziyev yozib oldi
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas