Superliga 14-turidan o‘rin olgan AGMK – "Metallurg" uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Mirjalol Qosimov fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- O‘yin haqida
- Derbiga xos o‘yin bo‘ldi. Shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rgandik. Uchrashuvni yaxshi boshlagandik, 15-daqiqaga qadar 2-3 ta juda qulay imkoniyat yuzaga keldi. Afsuski, gol urolmadik. Birinchi taym so‘ngidagi chetlatish barcha rejalarimizni o‘zgartirib yubordi. Jangovar bahs kuzatildi. Bugungi to‘qnashuv futbolimiz 110 yilligi bayram qilinayotgan damga to‘g‘ri keldi. Shunga monand muxlislarimizga ijobiy kayfiyat taqdim etishni xohlagandik. Ammo bu – futbol. Albatta, mag‘lubiyatdan qochib qutulib bo‘lmaydi. Endi keyingi o‘yinlarga hozirlik ko‘ramiz.
- Sardor Rahmonov mavsumda uchinchi, "Metallurg" bilan esa ikkinchi marta qizil kartochka olmoqda. Unga e’tirozingiz bormi?
- E’tiroz har bir himoyachiga hamisha bo‘ladi. Akramjon Komilov ham yo‘q joydan to‘rtinchi sariq kartochkasini oldi. Endi to‘qnashuvlarga boy sport turi bo‘lgani uchun o‘yinga berilib ketishdi. Bunaqa vaziyatlar bo‘lib turadi. Masalan, Davronjon Ergashev ham "Bunyodkor"ning Jizzaxdagi uchrashuvida maydondan chetlatildi. Sardor Rahmonovning Bekoboddagi chetlatilishiga qo‘shilmagan bo‘lardim. U yerda qizil kartochka berilmasligi lozim edi. Bugungi vaziyatda to‘g‘ri qo‘rqmasdan kurashga kirishdi. Biz shashka o‘ynamaymiz. Shashka o‘ynaganimizda, bunday bo‘lmasdi. Bu atayin qilingan narsa emas, to‘p uchun kurash chog‘ida, o‘yindagi vaziyatda vujudga keldi. Sardor himoyachi, shu bois bunday to‘qnashuvlarda ko‘p ishtirok etadi. Bunaqa holatlar uchrab turadi. Bu – normal holat.
- Chempionatimizda keskin o‘yinlar ko‘p bo‘lyapti. AGMKning bir qancha futbolchilarida shunday holat kuzatilyaptiki, ularni qoniqtirmayotgan hisob qayd etilayotgan paytda o‘zlarini boshqara olishmayapti va sariq kartochkalar ko‘payib ketyapti. Hali oldinda to‘qnashuvlarga boy bahslar ko‘p. Bundan jamoa pand yeb qolmaydimi?
- Sal avval aytganimdek, bu shashka emas. Hammasi xohish-istak kuchliligidan, sport prinsiplaridan chetga chiqmagan holatda ro‘y bermoqda. Albatta, hech kim yutqazgisi kelmaydi. Bu – normal holat. Yevropani qarang, qanday jangovar to‘qnashuvlar bo‘ladi. Biz ham shu orqali rivojlanib boramiz.
- Yangi futbolchilarning moslashuv jarayoni qanday kechmoqda?
- Ular kecha uchib kelishdi. Jamoaga endigina qo‘shilishdi. Qaysi biri Istanbul orqali, qaysi biri Olmaota orqali peshinda keldi. O‘ylaymanki, 10 kishi bo‘lib harakat qilgan bo‘lsak-da, o‘yinga yaxshi kirishib ketishdi. Ular jamoa imijiga ijobiy ta’sir qiladi deb o‘ylayman.
- Bu futbolchilarni shaxsan o‘zingiz tanlab, jamoaga jalb qildingizmi yoki kimdir tavsiya qildimi?
- Murabbiylar shtabimiz bilan kelishgan holda hal qilinadi. O‘zimizdan o‘zimiz xarid qilmaymiz. Qaysi nuqtalarga kerak bo‘lsa, o‘sha yerga olamiz. Shuningdek, jamoa o‘yiniga to‘g‘ri keladimi yoki yo‘q, shunga qaraymiz. Tavsiya ham qilishadi, albatta. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas