Uchrashuv boshida "Sug‘diyona" sof markaziy hujumchisiz to‘p surishga qaror qildi. Husniddin G‘ofurov aldamchi to‘qqizlik vazifasini bajarishga urindi. Shu yo‘sinda, Qanot vingerlari markazga yaqinroq joylashgan xolda, markaziy hujumchini pastroqqa tushib to‘p surishiga yordam berdi.
Raqib to‘pni yo‘qotgach, ikki qanot hujumchilari ikki tomonga tezlik olish yordamida, bitta uzun pas bilan vaziyat yaratishi, markazdagi aldamchi forvard esa, ularni pozitsion hujumda qo‘llab quvvatlashi ko‘zda tutildi. "Paxtakor"ning asosiy kuchi sanalgan markazga hujumchi yordamida bosim qilishi raqibning o‘yin tempini buzish uchun qabul qilingan qaror.
Bir qarashda yaxshi tayyorgarlikdek ko‘rinishi mumkin, ammo oldiga katta maqsadlarni qo‘yadigan jamoa o‘zi uchun qulay bo‘lgan uslubdan raqibdan cho‘chigani uchungina voz kechishi g‘alati. Balki, Baqoyev to‘liq qarshi hujumda o‘ynash variantini tanlagandir. Bunga uning haqqi bor, lekin "Paxtakor"dan hayiqib to‘p surishdan ma’no yo‘q. Agar Baqoyev shogirdlari xuddi "Bunyodkor" bilan o‘yinda bo‘lgani kabi oldingi chiziqda erkin 3 futbolchi bilan hujum uyushtirganida, bu qadar bahsli vaziyatga tushib qolmagan bo‘lar edi.
Ikkita goldan keyin, Baqoyev start rejasi barbod bo‘lganini sezdi. Darrov 3 futbolchini almashtirib, o‘yin sxemasini shogirdlari ko‘nikkan variantga keltirdi. Shunday bo‘lsada, hammasi qog‘ozda bo‘lgani kabi oson kechmadi. Jamoa shu qadar "Paxtakor" bilan o‘yinga tanlagan sxemaga tayyorgarlik ko‘rgan ekan-ki, hatto bir kishi ko‘p bo‘lgan paytda ham "Sug‘diyona" 4-3-3 ga moslasha olmadi.
Bahsni standart vaziyatdan kiritilgan gol boshqa tomonga burib yubordi. Hisob qisqargach, jizzaxliklar biroz yengilroq harakat qilishni boshladi. Shunday bo‘lsada, aytarli vaziyat yarata olgani yo‘q. Uzoq masofaga tashlab beriladigan uzatmalar, qanotdan jarima maydonchasiga tashlab berilgan paslar va Jasur Hasanovning reydlari. Bo‘ldi, boshqa birorta kreativ harakatni muxlislar maydonda ko‘rgani yo‘q. Ba’zida, faqat taktikani o‘zgartirish kifoya emas ekan. Menimcha, "Sug‘diyona" vaziyatni boshqacharoq qilib hal qilishi mumkin edi. Bu uchrashuvda o‘zgarishlardan ko‘ra, hakamning qarorlari birinchi planga ko‘tarilib ketdi.
Hakam o‘yinga ta’sir ko‘rsatgani rost, ammo uni buzib tashladi deyish noo‘rin. Qizil kartochka borasida uning fikriga 100 FOIZ qo‘shilaman. Penalti 50/50 vaziyat. Ikki tomon ham o‘z argumentiga ega. Hakamni faqatgina keskin qaror qabul qilgani uchun tanqid qilish noto‘g‘ri. Agar kartochka va penalti boshqa-boshqa o‘yinlarda sodir bo‘lganda hech kim Agishevga e’tiroz bildirmagan bo‘lar edi. Shunchaki ikkita keskin chora bir o‘yinga og‘irlik qildi chog‘i. Agar vaziyatlarni sovuq miya bilan tahlil qilsak, arbitrning qarorlarida mantiq bor ekanligi ko‘zga tashlanadi.
Bu uchrashuv tarixda chempionatdagi intrigani saqlab qolgani bilan hali ko‘p eslanadi. Jizzaxliklar kuchli ishtiyoq evaziga 1 ochko qo‘lga kiritgan bo‘lsa, "Paxtakor" klass jihatidan baland bo‘lishiga qaramay 2 ochkodan ayrildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...