23:13 / 07.08.2022
1 547

Andrey Shipilov "Dinamo"dan iste’foga chiqishini ma’lum qildi

Andrey Shipilov "Dinamo"dan iste’foga chiqishini ma’lum qildi
Superliga 11-turining qoldirilgan uchrashuvi doirasida "Dinamo" Samarqandda "Nasaf"ga yirik hisobda (0:4) mag‘lub bo‘lgach, "Dinamo" bosh murabbiyi Andrey Shipilov matbuot anjumanida iste’foga chiqishini bildirdi.

- Bugungi o‘yin haqida nima ham derdim... Biz birinchi golni o‘tkazib yuborguncha o‘yin namoyish etdik. Jamoa xarakter ko‘rsata olmadi. Futbolda jamoa o‘z irodasini namoyish eta olmasa, bu bosh murabbiyning aybi. "Dinamo" qo‘l ostimda 5ta o‘yinda maydonga tushib, birorta ham g‘alaba qozonmagan ekan, men iste’foga chiqaman. Yaxshisi yangi murabbiy kelsin, jamoani biroz ruhlantirsin. Ayni damda jamoaga o‘zgarishlar kerak. Rahbariyatdan va samarqandlik muxlislardan uzr so‘rayman. Qo‘limdan kelganini qildim. Ammo bu vazifani uddalashim uchun yetarli bo‘lmadi. "Dinamo"ga omad tilayman. Bu hayot.

- Iste’fo jamoaning natijalari bilan bog‘liqmi?
- Ha, natija qoniqarsiz bo‘lsa jamoaga o‘zgarishlar kerak bo‘ladi. Natija yo‘q ekan, murabbiy ketishi kerak.

Hozirda tarkibdagi muammolar – Erkin Boydullayevning sariq kartochkalari soni 4taga yetgani uchun o‘ynay olmagani, Marat Bikmayev mashg‘ulotlardagi jarohati sabab o‘ynamagani, Yovanovichning jarohati sabab to‘p surmayotgani haqida gapirish, bahonadek ko‘rinib qoladi. Tarkibda yana 17 nafar futbolchi bor, ular maydonga tusha olmagan o‘yinchilar o‘rnini to‘ldirishi kerak.

Bugun o‘yinni yaxshi boshladik, ammo himoyada qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ydik, axmoqona penalti barchasini o‘zgartirib yubordi. Jamoa o‘zgarishlarga muhtoj. Yangi murabbiy kelishi kerak, yana 13 tur bor, vaziyat hali fojiali emas. Kim kelsa, u natijalarni yaxshilashi lozim. Men vaziyatni o‘nglash uchun hamma ishni qildim, ammo bu qo‘limdan kelmadi. Barchaga rahmat.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Andrey Shipilov "Dinamo"dan iste’foga chiqishini ma’lum qildi