
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Rossiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi mumkin. Bu haqda rus matbuoti xabar berdi. Manbaga ko‘ra, Rossiya futbol ittifoqi kuzda bir qancha nazorat o‘yinlari o‘tkazish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Rossiya termasining eng ehtimoliy raqiblari Eron va O‘zbekiston terma jamoalaridir. RFI allaqachon ularga nazorat o‘yinlarini o‘tkazish bo‘yicha takliflar yuborgan.
Shuningdek, Xitoy va Lotin Amerikasi terma jamoalari bilan o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil etish rejasi ham bor deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya terma jamoasi Ukrainadagi voqealar tufayli barcha xalqaro musobaqalardan chetlashtirilgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar