10:52 / 11.08.2022
1 794

Shohjahon Ergashev AQShda oʻtgan jangda raqibini nokdaunga uchratdi (video)

Shohjahon Ergashev AQShda oʻtgan jangda raqibini nokdaunga uchratdi (video)
Professional boksning super engil vazn toifasi (-63,5 kg) vakili Shohjahon Ergashev (23-0, 20 KO) oʻzining navbatdagi jangini Toshkent vaqti bilan 11 avgust tongida oʻtkazdi.

AQShning Detroyt shahrida boʻlib oʻtgan boks oqshomida Shohjahonga Meksika vakili Anxel Martines (14-2-2, 14 KO) raqiblik qildi. Jang oʻzbekistonlik bokschining ustunligida boshlandi.

5-raundga kelib Ergashev raqibini nokdaun holatiga tushirdi, biroz oʻtib zarbalar seriyasini yogʻdirdi va hakam texnik magʻlubiyatni qayd etdi.

Ushbu gʻalabadan soʻng, Ergashevning janglar statistikasi 23-0 (20 nokaut) koʻrinish olgan boʻlsa, Hernandesniki 14-2-1 (14 nokaut)ga oʻzgardi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport