Qatar futbolida faoliyat yuritayotgan va jahon chempionati-2022 tashkiliy qo‘mitasi a’zosi Alisher Nikimbayev bir necha kun avval SPORTS.uz saytida mehmon bo‘ldi va o‘zbek futbolidagi murabbiylar borasida fikr bildirdi.
- Murabbiylarimiz saviyasining arab davlatlariga kelayotgan mutaxassislar bilan qanday farqi bor?
- 2 xil farqi bor. Birinchidan, arab mamlakatlarida mahalliy murabbiylar deyarli ishlamaydi. Bu ular uchun katta muammo. Lekin arablar bunga fojea sifatida ko‘rmayapti. Futbolni rivojlantirish uchun xorijliklarga e’tibor qaratmoqda. Chunki chet ellik murabbiylar yangi texnologiya, yangi futbol bilan kelmoqda. Masalan, Qatarning “Al-Duhail” klubini Ernan Krespo boshqarmoqda. U murabbiylik faoliyatini endi boshladi. Qanday murabbiy bo‘lishini bilmaymiz. Lekin futbolchilik karerasiga asoslanib, klub ishonib topshirilmoqda. Bir tomonda Krespo, bir tomonda Shatskix. Ularni menimcha, bemalol taqqoslasa bo‘ladi.
Biroq O‘zbekistonga kelayotgan xorijlik murabbiylarning ayrimlari saviyasi shubhaliroq. Balki biz yosh murabbiylarga e’tibor qaratarmiz, yoki o‘zimizdagi murabbiylarni xorijga chiqarib o‘qishiga imkoniyat berarmiz. Bu haqda o‘ylab ko‘rish lozim.
- Shubhali murabbiylarga misol keltira olasizmi?
- Birinchi navbatda, “Paxtakor”ning sobiq ustozi Slavche Voyneski. Men oldin ham aytgandim, u “Paxtakor” saviyasidagi murabbiy emas. Balki Slavche kuchsizroq jamoada ishlaganida foydasi tegishi mumkindir. Biroq “sherlar”ning talablari juda yuqori. Shuning uchun Voyneski “Paxtakor” darajasida emas. Uning biografiyasiga e’tibor qaratishning o‘zi kifoya. Oxirida ishni eplolmadi.
- Maksim Shatskixning “Paxtakor” murabbiyiga aylanishi siz uchun qanchalik kutilgan yoki kutilmagan voqelik bo‘ldi?
- Qachondir Maksim Shatskix futbolimizga qaytishiga ishonganman. U bilan bir necha yil ilgari ham gaplashganmiz. Hozir aksariyat insonlar Maksim Ukrainadagi voqealar tufayli kelganini aytyapti. Bu noto‘g‘ri. Chunki Shatskix bilan 2-3 yil oldin gaplashganimizda, O‘zbekiston terma jamoalaridan taklif tushganini aytgandi. Keyin u menga telefon qilib, buni maslahatlashgan. Maksim hali tayyor emasman degandi. Lekin qachondir qaytishini kutganman. O‘zida qiziqish bo‘lgan.
To‘g‘ri, Ukrainadagi vaziyat boshqacha bo‘lib, “Dinamo Kiyev”dan taklif bo‘lganda balki kelmasdir. Lekin 1-2 yil avval niyatlari bor edi. Maksim o‘ylanib turgandi. Shuning uchun Shatskixning “Paxtakor”ga kelishi men uchun sensatsiya emas.
Bekzod ISAYEV
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi