
“So‘g‘diyona” OFK Kubogi Markaziy mintaqa finalida maydonga tushdi. Ulug‘bek Baqoyev shogirdlariga ushbu bosqichda Tojikistonning “Xo‘jand” jamoasi raqiblik qildi.
Mazkur bellashuvda mehmonlar yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Jasur Hasanov ikki bor o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, Shoxruz Norxonov va Javohir Qahramonov bittadan gol urdi.
"Bo‘rilar" navbatdagi bosqichda Gongkongning "Istern" klubini Jizzahda qabul qiladi.
"Xo‘jand" — "So‘g‘diyona" 0:4
Gollar: Jasur Hasanov, 13 (0:1) (Shoyqulov), Jasur Hasanov, 21 (0:2) (Norxonov), Shohruz Norxonov, 29 (0:3) (Denisov), Javohir Qahramonov, 79 (0:4) (Salomov)
"Xo‘jand": 50. Shohruh Qirg‘izboyev, 5. Firdavs Abdusalimov, 7. Elchibek Rashidbekov, 8. Ehson Boboyev, 18. Daler Yodgorov, 19. Sergey Garanza, 20. Samandar Ochilov (9. Firuz Xolmatov, 83), 21. Firdavs Chakalov (2. Darviz Izatshoyev, 83), 62. Jahongir Ergashev, 73. Alisher Barotov (4. Parviz Boqiyev, 33), 97. Sergey Skanyan (11. Jumaboy Karimov, 83).
Zaxira: 16. Suxrobxo‘ja Yusupov, 14. Tohir Maladustov, 15. Akbar Madminov.
"So‘g‘diyona": 27. Milan Mitrovich, 2. Sardor Qulmatov, 6. Iskandar Shoyqulov, 10. Shohruz Norxonov (20. Bahodir Nasimov, 77), 11. Jasur Hasanov (17. Husniddin G‘ofurov, 62), 12. Xislat Xalilov (5. Ayubxon No‘’monov, 61), 19. Javohir Qahramonov (3. Dian Talxatov, 87), 26. Vitaliy Denisov, 31. Luka Chermel, 77. Daniyel Nasriddinov (39. Shavkat Salomov, 77), 93. Marko Kolakovich.
Zaxira: 1. Shirinboy Abdullayev, 28. Samandar Mavlonqulov, 29. Azamat Yunusov, 32. Nodir Soyibov.
Ogohlantirishlar: Yodgorov (69), Chermel (80), Skanyan (81) “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar