OFK Kubogi Markaziy mintaqa finalidan o‘rin olgan "Xo‘jand" – "So‘g‘diyona" o‘yinidan keyingi matbuot anjumanida vakillarimiz ustozi Ulug‘bek Baqoyev fikrlarini bildirib o‘tdi.
- O‘yin haqida
- Hammaga xayrli kech. Ko‘rganingizdek, qiyin ob-havo sharotida o‘ynadik. Biz vaziyatlarimizdan unumli foydalandik. O‘ylaymanki, 3:0 dan keyin hammasi hal bo‘lgandi. Yigitlarga qilingan mehnat, sabr uchun rahmat aytmoqchiman. Bunday sharoitda hatto o‘yinni o‘tirib tomosha qilish ham qiyin. Futbolchilarimiz, klubimiz muxlislari va umuman barcha o‘zbekistonliklarni g‘alaba bilan tabriklayman!
- Chap qanot himoyachisi Vitaliy Denisov o‘ng qanot himoyasida harakat qildi. Bunga nima sabab bo‘ldi? Jo‘rabekovning yo‘qligimi?
- Shahboz Jo‘rabekov kartochkalari ko‘payib ketgani bois bugungi bahsni o‘tkazib yubordi. Shu bois Vitaliy Denisovni o‘ngda o‘ynatishga qaror qildik. O‘ylaymanki, u juda zo‘r o‘ynadi. Har qanday professional futbolchi to‘g‘ri kelsa, hatto davrozada ham turishi kerak. Bunday holatlar uchrab turadi.
- "So‘g‘diyona" yirik hisobda g‘alaba qozonganiga qaramasdan, jamoangiz futbolchilarida qanday xatolarni ko‘rdingiz?
- Har bir uchrashuvda xatolar uchraydi. Chunki bu – futbol. Xatolarsiz futbol bo‘lmaydi. Hozir buni izohlash qiyin. O‘yinni ko‘rib chiqib, shundan keyin xulosa chiqaramiz. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi