1 761
Asimovning noto‘g‘ri qarori, "Paxtakor" murabbiy bildirayotgan e’tirozlar va VAR — Diyor Imomxo‘jayev
O‘zbekiston Professional futbol ligasi rahbari Diyor Imomxo‘jayev kecha bo‘lib o‘tgan “Paxtakor” — “Olimpik” va “Nasaf” — AGMK uchrashuvidagi hakamlik haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Nasaf” — AGMK o‘yini bo‘yicha savollarimiz va e’tirozlarimiz bor. Hakamlar markaziga buni bildirdik va o‘yinni ekspertlar guruhi o‘rganib chiqishini so‘radik. Agar bosh hakam o‘ziga ishonmayotgan bo‘lsa va VAR unga kerakli kadrni topib bera olmagan bo‘lsa, hammasini aniq ko‘rganiga ishonayotgan qanot hakamining fikrini eshitishi kerak emasmidi, degan savolni o‘rtaga tashladik. Fikrimcha, ikki kulminatsion nuqtada Asimov bir klub manfaatidan kelib chiqib, qaror qabul qilgandek. Biroq mening fikrim ham sizniki kabi sub’ektiv. Ishonamanki, ob’ektiv bahoni markaz beradi.
“Paxtakor” — “Olimpik” o‘yini bo‘yicha hakamlarga hech qanday e’tirozimiz yo‘q. Yuqori templi va sifatli uchrashuv (futbolchilar xatolarini aytmasa). Jizzaxda maydon sifatsiz bo‘lsa, “Jar”da u gilam. Fikrimcha, muvaffaqiyatsizlikka sabab hakamlardan izlanishi kerak emas. Biz klublar murabbiylaridan mundialga chiqishimiz uchun nima qilishimiz kerak, deb so‘ramayapmiz. Klublar ham murabbiy bilan shu yo‘sinda shartnoma imzolaydi, deb o‘ylamayman. Murabbiy o‘z klubi uchun javob berishi kerak.
To‘p “Olimpik” futbolchisining qo‘liga tekkan vaziyatda bemalol aytishim kerak — bu yerda penalti yo‘q. Yaqin masofadan to‘pni kimdir sizga zarb bilan tepsa, siz ham o‘zingizni maksimal holatda shunday himoya qilasiz, himoyachi to‘pni qo‘li bilan qaytarishni emas, to‘pdan kamroq zarar ko‘rishni o‘yladi - IMHO. Qolgan ikki kulminatsion vaziyatda esa kamida “Paxtakor” foydasiga qaror chiqarildi, e’tiroz bildirsa, “Olimpik” bildirishi kerak. Ikkinchi klub xatoni boshqa yerdan izlasin.
P.S. Hamma bir narsani tushunishi shart. Uchrashuvda asosiy narsa VAR emas, bosh hakam. Bosh hakam o‘ziga yuz foiz ishonsa, VAR chaqiruviga bormaslikka haqqi bor. VAR qizil deya shubha bildirsa, ammo bosh hakam bu fikrga qo‘shilmasa, qizil bermaslikka haqqi bor. Hakamlar qaror qabul qilayotganda aniq kriteriyalardan kelib chiqishi uchun maksimal darajada harakat qilinadi. Ammo siz-u biz kabi hakamlarning ham o‘z fikr va qarashlari bor. Buni tushunish kerak. VAR bosh hakamga yordamchi va har qanday holatda ham yakuniy qarorni bosh hakam qabul qiladi, VAR emas", — deydi Imomxo‘jayev o‘z telegram kanalida. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi